Onlayn mental mashqlar
Qo'shish-ayirish, ko'paytirish, bo'lish, abakus rejimi, tezlik sozlamalari va javob tekshirish.
Mental Arifmetika Quiz oddiy mashq sayti emas. Bu o'qituvchining kundalik ishini yengillashtiradigan, o'quvchini qiziqtiradigan va ota-onaga natijani ko'rsatishga yordam beradigan to'liq o'quv platformasi.
Hozir ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi 1 oy davomida tizim imkoniyatlarini sinab ko'radi: mashqlar, worksheetlar, PDF varaqlar, elektron jurnal, o'yinlar va Telegram orqali qulay kirish.
Darsga tayyorgarlik, mashq yaratish, sinfda ishlash, uyga vazifa berish va natijani kuzatish ko'p vaqt oladi. Mental Arifmetika Quiz shu jarayonlarni tezlashtiradi.
O'qituvchi misollarni qo'lda tuzadi, worksheetlarni alohida qidiradi, davomatni daftar yoki jadvalga yozadi, baholarni alohida belgilaydi, o'quvchi esa bir xil turdagi mashqdan tez zerikadi.
Mashq avtomatik yaratiladi, PDF tayyor bo'ladi, worksheetlar bir joyda turadi, jurnal orqali davomat va baho saqlanadi, o'yinlar esa darsni qiziqarli va raqobatli qiladi.
Platforma o'qituvchi, repetitor, o'quv markazi va mustaqil shug'ullanuvchi o'quvchilar uchun mos.
Qo'shish-ayirish, ko'paytirish, bo'lish, abakus rejimi, tezlik sozlamalari va javob tekshirish.
Matematik, mantiqiy, vizual va xotira mashqlari uchun 63 dan ortiq tayyor modul.
Imtihon, abakus, flash karta, savollar va javoblar varag'ini tez yaratish.
Guruh tanlash, sana bo'yicha davomat, baho qo'yish va umumiy xulosa olish.
G'ildirak, jurnal, soroban, Stroop, Shulte, Sudoku, 2048 va boshqa qiziqarli vositalar.
Kirish, tasdiqlash, PDF olish, holatni tekshirish va yordam olish Telegram orqali qulaylashadi.
Mashqlar bo'limida o'qituvchi bir necha soniyada kerakli darajadagi mental arifmetika mashg'ulotini tayyorlaydi.
Raqamlarni tez ko'rish, eslab qolish, fikrni jamlash va tez javob berish rivojlanadi. Dars oddiy misollar to'plamiga emas, jonli mashg'ulotga aylanadi. O'quvchi darajasiga qarab tezlikni sekinlashtirish yoki murakkablashtirish mumkin.
Abakus rejimi o'quvchining tasavvurini kuchaytiradi: sonlar faqat raqam sifatida emas, abakus ko'rinishi orqali ham idrok qilinadi.
Jurnal bo'limi o'qituvchiga guruhdagi har bir o'quvchini tartibli kuzatish imkonini beradi. Bu faqat "kelgan-kelmagan" yozuvi emas, balki dars intizomi va natijani boshqarish vositasi.
O'qituvchi guruhni tanlaydi, sanani belgilaydi, o'quvchilar ro'yxatini ko'radi, har bir o'quvchiga davomat va baho qo'yadi. Ma'lumotlar saqlanadi va keyin xulosa sifatida ko'riladi.
Dars oxirida "kim qatnashdi, kim sust ishladi, kimga alohida e'tibor kerak" degan savollar aniq ko'rinadi. O'qituvchi eslab yurmaydi, tizim yozib boradi.
O'qituvchi har bir sinf yoki o'quv guruhini alohida yuritadi. Masalan: "1-guruh", "5-A sinf", "Mental 18:00", "Individual o'quvchilar". Guruhlar alohida saqlangani uchun aralashib ketmaydi.
Har bir guruhga o'quvchilar ismi kiritiladi. Ro'yxat bir marta tuziladi, keyingi darslarda shu ro'yxat avtomatik chiqadi. Bu har kuni qaytadan daftar yozish ishini kamaytiradi.
Jurnal aniq sana bilan ishlaydi. Bugungi dars, kechagi dars yoki oldingi darsni ochib, kerakli yozuvni ko'rish mumkin.
Har bir o'quvchiga "keldi" yoki "kelmadi" belgisi qo'yiladi. Tizim dars bo'yicha jami o'quvchi, kelganlar va kelmaganlarni ko'rsatadi.
O'quvchiga 2, 3, 4 yoki 5 baho qo'yish mumkin. Bu darsdagi ishtirok, tezlik, aniqlik yoki uy vazifasi natijasini belgilash uchun qulay.
Jurnal oxirgi darslar bo'yicha davomat xulosasini chiqaradi. O'qituvchi qaysi sanada nechta o'quvchi kelganini tez ko'radi.
Agar ota-ona "farzandim darslarda qanday qatnashyapti?" deb so'rasa, o'qituvchi taxmin bilan emas, jurnal yozuvlari bilan javob beradi. Davomat, baho va dars xulosasi o'qituvchining ishonchliligini oshiradi.
Tizimdagi worksheetlar o'qituvchiga har dars uchun yangi, qiziqarli va turli shakldagi material beradi.
Bir nechta modulni tanlab, bitta mashq kitobi qilish mumkin. Tizim savollar PDF va javoblar PDF tayyorlaydi. Bu o'qituvchiga uyga vazifa, nazorat ishi yoki qo'shimcha mashg'ulot uchun juda qulay.
Masalan, bitta kitobga "Abakus Detektivi", "Tarozi", "Sonli Labirint" va "Krossvord"ni qo'shib, bolalar uchun aralash mantiqiy mashq to'plami tayyorlash mumkin.
O'yinlar bo'limi o'quvchini faollashtiradi. Ayniqsa guruh darslarida raqobat, tezlik va diqqatni oshirishga yordam beradi.
O'quvchini tasodifiy tanlash, savol berish yoki darsni o'yin shaklida boshqarish uchun.
Davomat, baho va dars xulosasini yuritish uchun.
Abakus ko'nikmasini mustahkamlash va sonlarni vizual tushunish uchun.
Diqqat, ko'rish tezligi, rang-so'z farqlash va tez reaksiya uchun.
Mantiq, strategiya va ketma-ket fikrlashni rivojlantirish uchun.
Xotira, lug'at, fikrlash va tez qaror qabul qilishni mashq qilish uchun.
Telegram bot foydalanuvchini tasdiqlash, kirish, PDF olish va yordam so'rash jarayonlarini qulay qiladi.
Tizimda foydalanuvchi faqat mashq ishlatib qolmaydi, balki do'stlarini taklif qilib bonus olishi va maxsus promokodlar orqali obunasini uzaytirishi ham mumkin.
Har bir foydalanuvchining kabinetida shaxsiy referral kodi va havolasi bo'ladi. Shu havolani do'stga, hamkasbga, o'quv markazidagi boshqa o'qituvchiga yoki ota-onaga yuborish mumkin. Taklif qilingan foydalanuvchi ro'yxatdan o'tsa, tizim bonus kunlar berishi mumkin.
Promokod - bu bepul yoki chegirmali kunlar olish uchun maxsus kod. Foydalanuvchi bot, kanal, o'qituvchi yoki aksiya orqali olgan promokodini kabinetdagi `Promokod kiritish` bo'limiga yozadi. Kod ishlasa, premium kunlar avtomatik qo'shiladi.
Mental arifmetika o'qituvchilari ko'pincha bir-biri bilan tajriba almashadi. Agar tizim sizga foyda bersa, uni boshqalarga tavsiya qilish orqali ularga ham yordam berasiz, o'zingiz esa qo'shimcha bonus kunlar olishingiz mumkin. Bu o'quv markazi ichida ham juda qulay: bitta o'qituvchi sinab ko'radi, boshqalarga ulashadi, tizim tezroq jamoaga kirib boradi.
`Kabinet` bo'limiga kiring, `Promokod kiritish` maydonini toping, kodni katta harflarda yozing va `Ishlatish` tugmasini bosing. Kod to'g'ri bo'lsa, tizim necha kun qo'shilganini ko'rsatadi.
Promokodlar rasmiy Telegram bot, kanal, o'quv markazi aksiyasi yoki maxsus sovg'a kampaniyalari orqali berilishi mumkin. Ba'zi promokodlar cheklangan muddat yoki cheklangan foydalanuvchilar soni uchun ishlaydi.
Platforma bitta o'qituvchi uchun ham, o'quv markazi uchun ham foydali.
Har dars uchun yangi mashq, abakus, PDF va baholash vositasi kerak bo'lgan o'qituvchilar uchun.
Guruhlar bilan ishlash, davomat yuritish va bolalarga qiziqarli vazifa berish uchun.
Farzandiga uyda qo'shimcha mashq qildirish, diqqat va hisoblashni rivojlantirish uchun.
Bir oy ichida tizimni real darsda sinab ko'ring: mashqlar o'tkazing, jurnal yuriting, PDF yarating, worksheetlardan foydalaning va o'quvchilaringizdagi farqni ko'ring.
Chunki tizimning foydasini faqat o'qib emas, darsda ishlatib bilasiz. 1 oy bepul obuna sizga xavfsiz sinab ko'rish imkonini beradi: dars tayyorlashga ketadigan vaqt qisqaradimi, bolalar qiziqadimi, jurnal yuritish osonlashadimi - hammasini amalda ko'rasiz.
Internet, telefon raqam va Telegram bot orqali tasdiqlash kifoya. Keyin sayt orqali ishlay olasiz.
Jurnal o'qituvchi uchun. U guruh tanlaydi, davomat belgilaydi, baho qo'yadi va xulosa ko'radi.
Ular dars, uyga vazifa, nazorat ishi va qo'shimcha mashg'ulot uchun tayyor material beradi.
Sinov muddati tugagach, tizimdan davomli foydalanish uchun mos tarifni tanlash mumkin.
Referral havola orqali boshqa foydalanuvchini taklif qilasiz. U ro'yxatdan o'tsa, tizim bonus kunlar berishi mumkin.
Kabinetdagi promokod maydoniga kodni kiriting va ishlatish tugmasini bosing. Kod faol bo'lsa, obuna kunlari qo'shiladi.
Ro'yxatdan o'tish, parolni almashtirish va ikki bosqichli himoya haqida batafsil.
Parolni bilasiz — kabinetdan o'zgartirish:
Parolni unutdingiz — Telegram orqali tiklash:
Qanday ishlaydi — oddiy misol bilan:
2FA ni yoqish: